Yangiliklar

2022-yilda dunyo bo‘ylab 67 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi, ularning aksariyati Ukrainada o‘ldirilgan

Jurnalistlarni himoya qilish mustaqil qo‘mitasi (CPJ) hisobotiga ko‘ra, 2022-yilda kamida 67 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘ldirilgan, bu 2018-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich va 2021-yilga nisbatan qariyb 50 foizga ko‘p.

CPJ maʼlumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi voqealarni yoritish chog‘ida 15 kishi halok bo‘lgan, bu mamlakatda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Hisobotda qayd etilishicha, ulardan 13 nafari yangiliklar ishlab chiqarish yoki reportaj tayyorlash uchun maʼlumot yig‘ish chog‘ida halok bo‘lgan.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘limining aksariyati urushning dastlabki bosqichlarida qayd etilgan, oxirgi holat 2022-yil may oyi oxirida hujjatlashtirilgan – fransuz operatori Frederik Lekler-Imxofning o‘ldirilishi. U Rossiya bombardimonidan qochgan ukrainaliklar bilan gumanitar avtobusda ketayotganda jiddiy yaralangan.

SPJ hisobotida aytilishicha, shunga qaramay, Ukrainaning ayrim hududlarida vaziyat qaltisligicha qolmoqda, jurnalistlar urushni yoritishda tez-tez otishmalardan yaralangan va baʼzilar ularni Rossiya harbiylari nishonga olganini daʼvo qilmoqda.

2022-yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mintaqa Lotin Amerikasi bo‘lib, u yerda jami 30 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan, Meksikada 13, Gaitida 7, Braziliya, Chili va Kolumbiyada 4, Ekvadorda 6, Gvatemala, Gonduras va Paragvada halok bo‘ldi. Ularning barchasi u yoki bu tarzda jinoyatchilik, korrupsiya, ko‘cha to‘dalari zo‘ravonligi va ekologik muammolar kabi mavzularni qamrab oldi.

Meksikada 13 nafar jurnalistning o‘limi ham SPJ maʼlumotlari to‘planganidan beri bu mamlakat uchun bir yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

«Meksikada jurnalistlarni himoya qilish bilan bevosita shug‘ullanuvchi bir qancha qonun va tashkilotlar mavjud, shuningdek, shtat va federal darajada himoya mexanizmlari bor. Biroq ular jurnalistlar xavfsizligini taʼminlashda samarali bo‘lmagan», – deya taʼkidlaydi qo‘mita o‘z hisobotida.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.