Yangiliklar

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizga tushdi

O‘zbekistonda 2022-yilda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda. Davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish milliy siyosat darajasiga olib chiqilganini ta’kidlagan.

Natijada o‘tgan yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgani, bunda hokim yordamchilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgani, daromadli ish bilan band qilgani muhim omil bo‘lgani qayd etildi.

Shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subekti tashkil qilindi, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirildi, 11 mingta korxona quvvati tiklandi. Bu ishlarni 2023-yilda davom ettirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan. Jumladan, 2023-yilda 5 million nafar aholi bandligini ta’minlash, shu jumladan 2 millionta doimiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.

Yangiliklar Telegramda: @uzfactcheck — obuna bo‘ling