Yangiliklar

Ilon Mask eski tvitlari uchun sudga tortildi

Ilon Mask 2018 yilda yozgan tvitlari ortidan qimmatli qog‘ozlar qonunchiligini buzish ishida guvohlik berdi, deya xabar beradi Euronevs telekanali.

Unda Mask Teslani xususiy kompaniyaga aylantirish imkoniyati haqida fikr yuritgan.

Shundan so‘ng milliarder aksiyadorlar har bir aksiya uchun 420 dollar olishlari mumkin bo‘lgan delisting (yaʼni, birjada savdoni to‘xtatish) haqida xabar qilgan va “moliyalash taʼminlangan”ligini qo‘shimcha qilgan.

Investorlarning fikricha, “noto‘g‘ri” va “chalg‘ituvchi” maʼlumotlar elektromobillar ishlab chiqaruvchisi aksiyalari narxining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan, bu esa yo‘qotishlarga olib kelgan.

Mask o‘z himoyasida, agar u Tvitterda biror narsa yozsa, “odamlar bunga ishonishi yoki shunga muvofiq harakat qilishi kerak” degani emas, dedi.

San-Fransisko federal sudining majlisi dushanba kuni davom etadi.

2022 yilning aprel oyida Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.