Andijon shahrida mahalliy aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydimi?
Andijon shahrida 21-yanvar kuni mahalliy aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
«Mazkur mahalla temiryo‘l vokzali yaqinida joylashgan bo‘lib, yo‘l to‘silishi aslida yo‘l o‘tkazgich qurilishi bilan bog‘liq. Lavhadagi fuqarolar elektr energiyasida ro‘y bergan nosozlik sabab mutasaddilar bilan suhbatlashishga yig‘ilgan,» – deyiladi shahar hokimligi tarqatgan xabarda.
Biroq, videotasvirda mahalliy aholining yo‘l ustiga turli buyumlarni qo‘yib, yo‘lni to‘sib qo‘yganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoni tasvirga olgan haydovchi yo‘lning mahalliy aholi tomonidan elektr energiyasi muammosi sabab, yopib qo‘yilganini aytadi.
Maʼlum bo‘lishicha, mazkur holat Andijon shahar “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘inida tasvirga olingan bo‘lib, videolavhada go‘yoki insonlar tomonidan yo‘l to‘sib qo‘yilgandek sharh berilgan.

Mazkur mahalla temir yo‘l vokzali yaqinida joylashgan bo‘lib, yo‘lni to‘silishi aslida yo‘l o‘tkazgich qurilishi bilan bog‘liq. Lavhadagi fuqarolar elektr energiyasida ro‘y bergan nosozlik sabab mutasaddilar bilan suhbatlashishga yig‘ilganlar.
Hokimlik xabariga ko’ra, video tarqalishidan 30 daqiqa oldin mahallada elektr nosozligi bartaraf etilishi boshlangan. Aholini issiq choy, qahva hamda yeguliklar bilan ta’minlash ishlar ham tashkil etilgan.

