Yangiliklar

“O‘zbekneftegaz” fuqarolarga gaz savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat bergani haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftegaz” AJ respublika aholisiga gaz sotish orqali katta daromad olish imkoniyatini berishga qaror qilgani haqida ishonchsiz va yolg‘on ma‘lumotlar tarqalmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, go‘yoki “O‘zbekneftgaz” O‘zbekiston xalqiga gaz sotishdan qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini taqdim etgan. Buning uchun 100 dollarlik pul tikish taklif etiladi.

“Foydalanuvchilarga birinchi haftada 250 dollargacha va oyiga 1400 dollargacha daromad vaʼda qilingan. Bunday takliflar noto‘g‘ri. “Loyiha” ga kiritilgan mablag‘lar firibgarlarga o‘tadi. Shuningdek, ular “taklif”ga javob bergan foydalanuvchining telefon hisobi yoki kartasidagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishga urinishlari mumkin”, — deya taʼkidladi “O‘zbekneftegaz”.

“O‘zbekneftegaz” foydalanuvchilarni yolg‘on maʼlumotlarga ishonmaslikka, shuningdek, veb-sayt va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy profillari orqali berilgan rasmiy xabarlarni kuzatishga chaqirdi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.