Yangiliklar

IIV Toshkentga kirish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

IIV Toshkent va boshqa viloyatlarga kirish va chiqish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa YPX xodimlari SHHT sammiti doirasida faqatgina Samarqandga kirish yopilishi tufayli aylanma yo‘llarni tushuntirayotgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 13-sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlardan kirish-chiqish yopilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Qayd etilishicha, internetda tarqalgan videoda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 14−17 sentabr kunlari Samarqandga kirish yopilganligi sababli haydovchilarga aylanma yo‘llar tushuntirilmoqda.

«Samarqand» aeroporti 14-sentabr soat 00:01 dan 17-sentabr 00:01 ga qadar tijorat rejali va muntazam bo‘lmagan yo‘lovchi va yuk reyslarini qabul qilmaydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.