Yangiliklar

“Yoshlar” telekanalida efirga berilgan lavhada Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturida Real Madrid hamda Espanyol o‘rtasidagi o‘yin lavhasi jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, lavhaning tepa qismida Ukraina bayrog‘i xiralashtirilib efirga uzatilgan.

Faktcheking davomida telekanal orqali jonli efirga uzatilgan vaaqtda bayroq xiralashtirilmaganini ko‘rish mumkin.

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlar 26 avgustdan boshlab telekanali orqali jonli efirga uzatilib kelinmoqda. Shu kunga qadar LaLigaʼning 8 ta o‘yini namoyish etildi. Futbol bahslari namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qo‘shimcha effektlar qo‘llanilmaydi. Yaʼni jonli efir davomida bayroq o‘chirilmagan.

“Yoshlar”ning rasmiy bayonotida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavha “Yangi Davr” informatsion dasturining sport xabarlari blokidan olingani aytiladi. Bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi “Real Madrid” jamoasi o‘ynayotgan futbolda Ispaniya bayrog‘i o‘rniga Ukraina bayrog‘i xato qo‘yilgan deb o‘ylab, bu “xatolik”ni o‘zboshimchalik bilan to‘g‘irlamoqchi bo‘lgani va shu maqsadda berkitgani maʼlum bo‘lgan. Bosh muharrir ko‘rik paytida bu holatga eʼtibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.