Yangiliklar

Oʻzbekistondagi bogʻchalarda rus tili “ikkinchi ona tili” sifatida oʻrgatilishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston MTTlarida rus tilining “ikkinchi ona tili” sifatida oʻrganilishiga oid xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha taʼlim vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu xabarlar notoʻgʻri qilingan va haqiqatdan yiroq.

«Aslida:

– MTTlardagi taʼlim-tarbiya jarayonida ikkinchi til oʻrganilishi koʻzda tutilgan (til biluvchi oʻqituvchining borligi inobatga olingan holda). Ushbu ikkinchi til istalgan til, xususan, rus tili ham boʻlishi mumkin;

– ota-onalar istagi bilan bolalar taʼlim rus tilida olib boriluvchi va rus tilida soʻzlashuvchi guruhlarga oʻtkazilishi mumkin;

– taʼlim oʻzbek tilida olib boriluvchi guruhlarda, shuningdek, yengil, bazaviy koʻrinishda rus tilini oʻrganish, rus tilida soʻzlashuvchi guruhlarda esa davlat tilini oʻrganish koʻzda tutilgan.Til biluvchi oʻqituvchilar boʻlsa – ingliz, nemis, koreys va boshqa tillar ham oʻrgatilishi mumkin.

Ayni damda MTTlarda ikkinchi tilni oʻrgatishni yoʻlga qoʻyishda hal qilinishi muhim boʻlib turgan masalalardan biri – bolalarni ikkinchi tilga oʻrgatuvchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Aynan shu bois, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan kadrlar tayyorlash yoʻnalishida tinimsiz ish olib borilmoqda. Shu jumladan, taʼlimni rus va ingliz tillarida olib bora oladigan mutaxassislar Toshkentdagi Puchon Universitetining filiali hamda ochilishi 2021-yilda kutilayotgan A.I. Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining filialida tayyorlanishi koʻzda tutilgan;

– Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasiga “ikkinchi ona tili” degan iboraning kiritilishi va uning qoʻllanilishi rejalashtirilmagan», deyiladi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.