Yangiliklar

“O‘zavtosanoat”ning sof foydasi 25 mlrd so‘mga kamaygan

Avtomobil sanoatidagi 40 ga yaqin korxonani o‘zida birlashtirgan “O‘zavtosanoat” 2021-yil yakunlarini sarhisob qildi.

Kompaniyaning asosiy faoliyatidan kelgan daromadlari 29,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 5,3 milliard so‘mga kam. Moliyaviy faoliyatdan keladigan tushumlar o‘tgan yilda 134,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda 208,3 mlrd so‘m bo‘lgan.

Kompaniyaning umumiy xarajatlari 218,9 mlrd so‘mdan 54,7 mlrd so‘mgacha kamaydi.

“O‘zavtosanoat”ning valyuta yo‘qotishlari 2020-yilda 11 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 2,8 mlrd so‘m bo‘ldi.

Umumiy iqtisodiy faoliyatdan keladigan foyda 217,6 mlrd so‘mdan 151,9 mlrd so‘mgacha tushib ketgan.

Daromad solig‘i 2020-yilda 57,3 mlrd so‘m bo‘lgan, 2021-yilda 15,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2021-yilda kompaniyaning sof foydasi 136,4 mlrd so‘m bo‘ldi. Bu 2020-yildagi ko‘rsatkichdan 23,6 mlrd so‘mga kam.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.