Yangiliklar

Mashhurlarning vafot etgani haqidagi asossiz xabarlar koʻpaymoqda — AOKA rasmiy bayonot bilan chiqdi

Koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoq va turli messenjerlarda oʻz tasdigʻini topmagan hamda rasmiy manbalardan olinmagan, ayrim vaziyatlarda esa aholida vahima uygʻotuvchi maʼlumotlar tarqatilishi kuzatilmoqda.

Turli sohada Oʻzbekiston ravnaqi uchun koʻp yillar fidoiylik koʻrsatgan taniqli insonlarning kutilmaganda vafot etgani bilan bogʻliq asossiz xabarlar koʻpaymoqda. Bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlar bemorning yaqin kishilarini sarosimaga solib qoʻyishi, ularning ham sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin.

“Shuni unutmaslik kerakki, biror insonning faqat oʻziga tegishli boʻlgan fundamental huquqi hisoblanuvchi shaxsiy salomatligi yoki koronavirus kasalligidan vafot topgani haqidagi xabarlarni eʼlon qilishda Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilinishi lozim.

Mazkur qonunda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari faqatgina oʻzini roziligi, agarda u muomalaga layoqatsiz boʻlsa uning qonuniy vakili, mabodo olamdan oʻtgan taqdirda merosxoʻrlarining hujjat shaklidagi roziligi bilan eʼlon qilinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, aholi orasida feyk xabarlarni har qanday shaklda tarqatish, notoʻgʻri xabarlar bilan chalgʻitish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlik keltirib chiqaradi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.