Feyk: Nargiz Zokirova Rossiyadan deportatsiya qilindi
Xonanda Nargiz Zokirovaning vakili Sergey Savin Teleprogramma.pro saytiga qoʻshiqchi Toshkentdan Domodedovo aeroportiga kelganida politsiya tomonidan qoʻlga olingani haqidagi xabarni rad etdi.
“Bu yolgʻon. U Oʻzbekistonda, hammasi joyida”, — dedi Sergey Savin.

Avvalroq ayrim OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Nargiz Zokirova Moskva aeroportida qoʻlga olingani va unga Oʻzbekistonga deportatsiya qilish bilan tahdid qilingani haqida xabar tarqalgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Ukrainadagi vaziyat fonida Zokirova Rossiyani tark etishga qaror qildi va oilasi bilan Oʻzbekistonga qaytdi. Bundan tashqari, xonanda Rossiya haqida keskin bayonotlar berdi.
Nargiz Zokirova Oʻzbekiston va undan tashqarida mashhur Zokirovlar sulolasining vakili, Botir Zokirovning jiyani. Xonanda Toshkentda tugʻilib oʻsgan. U 1995-yilda AQShga koʻchib oʻtgan. Nargiz Zokirova 2014-yilda Birinchi kanalning – “Golos” vokal koʻrik-tanlovidagi gʻalabasidan soʻng omma eʼtiboriga tushdi.
