Time jurnali Vladimir Zelenskiyni “Yil odami” deb eʼlon qildi
Time jurnali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “Yil odami” deb eʼlon qildi. U uchun nashr mushtariylarining 5 foizi (3,3 million kishi) ovoz bergan.
“Fevral oyida Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga keng koʻlamli bosqin boshlagan paytda 2019-yili Ukraina prezidenti boʻlib saylangunicha siyosiy tajribaga ega boʻlmagan komik aktyor Zelenskiy jahon sahnasiga chiqib, Ukrainani dastaklash uchun liderlarni jipslashtirishga muvaffaq boʻldi”, deb yozgan Time.
Ikkinchi oʻrin mushtariylarning 3,5 foiz ovozini qozongan Tesla va SpaceX shirkatlari bosh direktori Ilon Maskka nasib boʻldi. Mask 2021-yilda “yil odami” boʻlgan edi. Uchinchi oʻringa 3,4 foiz ovoz bilan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson chiqqan.
Dunyodagi eng nufuzli odamlarning yakuniy roʻyxatini Time jurnali 23-may kuni eʼlon qilishi kutilmoqda, nashr muharrirlari hali ovoz bermaganlari uchun mazkur roʻyxatda oʻzgarishlar boʻlishi ham mumkin.
Bir paytlar “Yil odami” sifatida “Time” muqovasida chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻtgan yili dunyodagi eng nufuzli kishilarning yuztaligiga ham kira olgan emas.
