Yangiliklar

YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan COVID-19 haqidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash uchun infomediya vositalar to’plami ishlab chiqildi

YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan (PCUz) ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun COVID-19 bilan bogʻliq uydirma va soxta maʼlumotlarga qarshi kurashish uchun infomediya vositalar toʻplami yaratildi. Mazkur platforma oʻzbek, rus va ingliz tillarida mavjud.

© Foto: Infodemic Toolkit. (Shutterstock)

Vositalar toʻplami Milliy mass–mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va “Radio Niderlandiya” oʻquv markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu toʻplam Oʻzbekistondagi jurnalistlar va blogerlarga COVID-19 inqirozi haqida axborotni yoritishda yordam beradi, yolgʻon maʼlumotni aniqlash, unga qarshi kurashish va pandemiya toʻgʻrisida xabarni toʻgʻri yetkazib berish vositalarni taqdim etadi.

Keng tarqalgan COVID-19 pandemiya natijasida ilmiy maʼlumotlar va yangi koronavirusni tushunish uchun xalqaro miqyosda katta urinishlar yuzaga keldi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida notoʻgʻri va soxta yangiliklar tarqalishi koʻpaydi. Ushbu xavotirli va xavfli tendensiya qoʻrquvni keltirib sogʻliqni saqlash yoʻlidagi harakatlarga futur yetkazyapti.

Infomediya haqida vositalar toʻplami video, havola va manbalardan iborat besh qismni oʻz ichiga olgan boʻlib, ular jurnalistlarga yolgʻon maʼlumotlarni aniqlash va jamoat bilan yaqinroq aloqada boʻlishga yordam beradi. Vositalar toʻplamning “Debunkers maʼlumotlar bazasi” ommaviy axborot vositalari mutaxassislariga fosh qilingan soxta yangiliklarni baham koʻrish imkoniyatini beradi.

PCUz Oʻzbekistondagi ommaviy axborot vositalari vakillari toʻplamdagi material va manbalardan foydalangan holda COVID-19 toʻgʻrisidagi haqiqiy va aniq maʼlumotlarga ega boʻlishga va dezinformatsiyani keng tarqalib ketishning oldini olishga muvaffaq boʻlishadi deb umid qiladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.