O‘zbekiston Global ma’lumotlar barometri reytingida 58-o‘rinni egalladi
Global ma’lumotlar barometrining 2021-yil yakunlariga ko‘ra reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, reytingda 100 dan ortiq mamlakatlar qatnashgan. O‘zbekiston unda 32 ball to‘plab, 58-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston Global ma’lumotlar barometrining asosiy modullarida:
- “Ochiq ma’lumotlar tashabbusi”ni o‘z ichiga olgan “Imkoniyatlar” modulida 80 ball to‘plab, 8-o‘rinni;
- mamlakatda ochiq ma’lumotlar siyosatini o‘z ichiga olgan “Boshqaruv” modulida 52 ball to‘plab, 19-o‘rinni egallagan.
Reytingda 1-o‘rinni 68 ball bilan AQSH qo‘lga kiritgan. 2-o‘rin Fransiyaga (66 ball), 3-o‘rin esa Buyuk Britaniyaga (65 ball) nasib qilgan.
