Yangiliklar

Rossiya Google Play’ning NashStore nomli analogini ishga tushiradi

Rossiyada Google Play ilovalari do‘koniga mahalliy alternativa paydo bo‘ladi. NashStore deb nomlangan platforma 9-mayda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Afsuski, rossiyaliklar endi Google Play’dan ilovalarni xarid qilish va to‘lash uchun foydalana olmaydi. Ishlab chiquvchilar esa daromad manbalarini yo‘qotdi. Bu biz bugun duch kelayotgan haqiqatdir. Shuning uchun biz NashStore rus ilovalari do‘konini yaratdik, — dedi Zikov.

Zikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarolari NashStore’dan ilovalarni yuklab olish, o‘rnatish, yangilash amaliyotini qilishi mumkin.

Obunalar uchun to‘lovlar esa “MIR” kartalaridan foydalangan holda cheklovlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, 700 dan ortiq kompaniya allaqachon ANO Digital Platforms bilan hamkorlik qilmoqda.

Rossiyada allaqachon zarur tartibga solish amaliyoti mavjud. Yangi smartfonlarga ilovalarni oldindan o‘rnatish va ilovalarni ro‘yxatdan tanlash imkoniyati. Bu yaqin kelajak uchun ajoyib alternativ va ehtimol Google Rossiyani tark etgan taqdirda yagona variant, — deya qo‘shimcha qildi Shcheltsin.

10-martdan boshlab rossiyalik foydalanuvchilar uchun Google Play do‘konidan ilova va o‘yinlar xarid qilish to‘xtatilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.