Yangiliklar

Facebook targʻibotda gumon qilingan Rossiya yangiliklar tarmogʻini blokladi

Facebook AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa Gʻarb mamlakatlarida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun shubhali jurnalistlarni yollaganlikda gumon qilinayotgan Rossiyaning yangiliklar tarmogʻini toʻsib qoʻydi. Qabul qilingan choralar haqida DW xabar beradi.

© Foto: Flickr / Stock Catalog

Facebook Peacedata veb-saytining shubhali faoliyati toʻgʻrisida Amerika FQBsidan maʼlumot olgan, dedi ijtimoiy tarmoq vakili bir kun oldin.

2020-yil fevralidan avgustigacha Facebook oʻz maʼlumotlarini taqdim etgan Graphika tahlilchi firmasining soʻzlariga koʻra, saytda 500 dan ortiq ingliz tilida va 200 dan ortiq arab tilida maqolalar chop etilgan.

Hozir bloklangan tarmoq 13 Facebook hisobiga va ikkita sahifasiga ega edi. Taʼkidlanishicha, Peacedata-ning maqsadli auditoriyasi, avvalambor, chap siyosiy qarashlarga ega ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari boʻlgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.