O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha xalqaro reytingda 140-o‘rinni egalladi
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasi bo‘yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0dan (korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich) 100ga qadar (eng past) shkala bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Shu bilan bir qatorda, reytingda O‘zbekiston 28 ballni qayd etdi.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.
Reytingda 88 ball bilan Daniya, Finlandiya va Yangi Zelandiya yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Top-10 reytingdan Norvegiya, Singapur va Shvetsiya (85 balldan), Shveytsariya (84), Niderlandiya (82), Lyuksemburg (81) va Germaniya (80 ball) ham joy oldi.
Eng yomon ko‘rsatkichni Janubiy Sudan (11 ball), Suriya va Somali (13 balldan), Venesuela (14 ball) va Yaman qayd etdi (16 ball).
