Yangiliklar

Oʻzbekiston energotizimida “yirik nosozlik” – Energetika vazirligi

25-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 11:00 larda poytaxtning koʻplab, ayrim xabarlarga koʻra esa, barcha hududlarida elektr energiyasida uzilishlar sodir boʻlgan.

Respublikaning boshqa shahar va hududlari ham elektrsiz qolgani xabar qilinmoqda.

Oʻzbekiston Energetika vazirligi tarqatgan xabarga koʻra, mamlakat energotizimidagi yirik uzilishlarga Qozogʻiston elektr tarmogʻidagi “katta avariya” sabab boʻlgan.

Avariya natijasida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelgani aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qoʻshni davlatlar — Qozogʻiston va Qirgʻizistonning Chimkent, Taraz, Olmaota, Turkiston, Oʻsh va Bishkekda shaharlarida ham elektr energiyasi oʻchishi kuzatilgani xabar qilinmoqda.

“Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.

“Natijada Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.

Hozirgi vaqtda qoʻshni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma-bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi Oʻzbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Oʻzbekiston Uy joy kommunal xizmat vazirligi mamlakatning koʻplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirdi.

Toshkent aeroporti elektrdagi uzilishlar sabab samolyotlarni qabul qilishni toʻxtatgani xabar qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mobil telefon aloqasi ham tez orada uzilishidan xavotirlar bildirilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.