Energetika vazirligi O‘zbekistonda uch kun “svet” bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda 3 kun elektr energiyasi bo‘lmaydi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirib, ushbu xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
