Yangiliklar

Afgʻonistonda 231 OAV yopildi, 6400 jurnalist ishsiz qoldi

Afgʻonistonda Tolibon hukumat tepasiga kelganidan soʻng 231 OAV yopildi va 6400 jurnalist ishsiz qoldi, deb qayd etildi “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti va Afgʻoniston erkin jurnalistlar assotsiatsiyasi qoʻshma hisobotida.

Hisobotda maʼlum qilinishicha, ishsiz qolgan jurnalistlarning 84 foizi ayollardir. Afgʻonistonning 34 viloyatidan 15 tasida barcha ayol jurnalistlar ishdan boʻshatildi.

Hisobotda Tolibon hukumati ayollarni OAVlarga ishga olmaslik koʻrsatmasini bergani taʼkidlandi.

Tolibon hokimiyatga kelguniga qadar, yaʼni 2021-yilning 15-avgustigacha, Afgʻonistonda 543 ta OAV boʻlgan. Noyabrda esa ulardan faqat 312 tasi faoliyatini davom ettirgan.

Kobulda har ikki OAVning biri yopilgan. Ayrim viloyatlarda esa umuman birorta nashr qolmagan.

Afgʻoniston “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining 2021-yil aprelidagi reytingida matbuot erkinligi boʻyicha 180 davlat orasida 122-oʻrinni egalladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.