Yangiliklar

Avstraliya kompaniyasi Afg‘onistonda nashani qayta ishlash zavodi qurishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi

Avstraliyaning Cpharm farmatsevtika kompaniyasi Afg‘onistonda nashani qayta ishlash zavodi qurishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

“Biz Avstraliyadagi farmatsevtika korxonalariga konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatamiz. Bizning kompaniyamiz nasha bilan ham, “Tolibon” bilan ham aloqador emas. Biz toliblar press-relizi qayerdan olingani borasida hech qanday tushunchaga ega emasmiz”, — deyiladi korxona bayonotida.

Avvalroq toliblar IIV matbuot markazi boshlig‘i Said Xo‘stiy ichki ishlar vazirining giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari kompaniya vakillari bilan uchrashganini ma’lum qilgandi.

“Cpharm Afg‘onistonda gashishni qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun 450 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya bilan shartnomaning barcha bosqichlari yakunlandi, bir necha kundan keyin loyiha rasman ishga tushiriladi, bu bilan ko‘plab fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratiladi”, — degandi Xo‘stiy.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.