Yangiliklar

O‘zbekistondan 20 yil ichida 1,1 milliondan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan

O‘zbekistondan 2000-yildan 2020-yilgacha 1 107 854 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan. 20 yil ichida mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar soni 11 baravar kam — 99 341 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

O‘zbekistondan eng ko‘p ko‘chib ketganlar soni 2005-yilda — 104,9 ming kishi, eng kami — 2019-yilda (13229 nafar) ro‘yxatga olingan. Pandemiya sharoitida 2020-yilda 13 648 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan.

O‘zbekistonga joylashish uchun eng ko‘p xorijliklar 2002-yilda — 7155 nafar, eng kami — 2020-yilda 1105 nafar kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi faqatgina 2018−2020-yillar kesimida immigratsiya va emigratsiya haqidagi ma’lumotlarni mamlakatlar bo‘yicha taqdim etgan.

Uch yil davomida O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Qozog‘istonga ko‘chib ketgan — 22336 kishi. Rossiya ikkinchi ommaviy yo‘nalish bo‘ldi — 19033 kishi. Shuningdek, o‘zbeklar AQSH — 361, Isroil — 296, Qirg‘iziston — 195, Germaniya — 188, Tojikiston — 181, Ukraina — 126 va boshqa mamlakatlarga 1740 kishi yashash uchun ketgan.

O‘zbekistonda qo‘nim topish maqsadida Qozog‘istondan — 20160 kishi kelgan. Immigrantlar soni bo‘yicha Tojikiston ikkinchi o‘rinni egalladi — 1572 kishi, undan keyin Rossiya — 1495 kishi, Qirg‘iziston — 683, Turkmaniston — 156, Ukraina — 79, AQSh — 64, Isroil — 57, Turkiya — 47 va boshqa davlatlar — 285 nafar kishi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.