Fakt: “Artel” kompaniyasining maqolasi FT gazetasida nashr etilgan
Sentyabr oyining oʻrtalarida «Artel» kompaniyaning faoliyati “Financial Times” xalqaro biznes gazetasi sahifalarida yoritilgani haqida xabar bergan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar feyk ekanligi va maqola ushbu yirik nashrning uslubidan farq qilinishi muhokamalarga sabab boʻldi.
Xabarda kompaniya xususiy ishlab chiqaruvchilar orasida ilk bor “Fitch Ratings” agentligidan barqaror kredit reytingini qoʻlga kiritgani, qolaversa, kompaniyaning muvaffaqiyatli tomonlaridan biri — oʻz Ilmiy tadqiqot markazi( R&D)ga egaligi, kelajakda rivojlanish yoʻlida esa, allaqachon muhim strategik yoʻnalishini belgilab olgani haqida soʻz yuritiladi.

Muhokamalar sabab Factckecking.uz jamoasi ushbu faktni tekshirish uchun Financial Times gazetasining Moskvadagi byurosi rahbari Maks Seddon bilan bogʻlandi. Seddonning gazeta sahifalarini olib joʻnatgan suratlaridan maqola haqiqatdan FTʼda nashr qilinganini bilish mumkin. “Zamonaviy Oʻzbekiston” rukni ostiga joylashtirilgan maqola reklama huquqi asosida gazetaga joylashtirilgan.
Maqolaning haqiqatdan ham gazetada sahifalaridan joy olganini Factchecking.uz muxbiriga “Financial Times”ning mijozlar bilan ishlash boʻlimi xodimi Valiza de Vere ham tasdiqladi.
