WSJ Facebook sirlarini oʻrganmoqda
Wall Street Journal muxbirlari Facebook kompaniyasining ichki hujjatlari — tadqiqot hisobotlari, xodimlar yozishmalari va rahbarlar uchun tayyorlangan taqdimotlar loyihalariga kira olishdi.
Ular nimani bilib olishgani haqida quyida tanishish mumkin:
Birinchidan, kompaniya Facebook qoidalari hamma uchun bir xil ekanligini daʼvo qiladi. Aslida, kompaniya imtiyozli foydalanuvchilarni ijtimoiy media qoidalariga rioya qilishdan ozod qilgan XCheck tizimini yaratgan.
“Oq roʻyxat” ga 5,8 million kishi kiradi — bular kino yulduzlari, tok-shou boshlovchilari, olimlari va koʻp obunachilari boʻlgan blogerlar. Masalan, ularga intim suratlarni joylashtirishga yoki feyk maʼlumot tarqatishga ruxsat berilgan, deyiladi jurnalistik tergovda.
Jurnalistlar, shuningdek, Facebookʼga tegishli boʻlgan Instagramning inson ruhiy salomatligiga salbiy taʼsiri haqidagi toʻliq tadqiqotni ham topdilar. Britaniyadagi oʻsmirlarning 13 foizi va AQShdagi 6 foizi oʻz joniga qasd qilish fikrlarini aynan Instagram ijtimoiy tarmogʻi bilan bogʻlashgan.
WSJ maqolasining yana bir qismi platformadan odam va giyohvand moddalar savdogarlarining foydalanishiga bagʻishlangan. Foydalanuvchilar Yaqin Sharqda ayollarni Facebook orqali ishlashga jalb qilishgan, ular keyinchalik qul yoki fohisha sifatida ekspluatatsiya qilingan. Meksikadagi narkokartellardan biri yangi xodimlarni ochiqchasiga Facebook orqali qidirgan va qotillar xizmatlari uchun ijtimoiy tarmoq orqali pul toʻlagan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, Facebook bu faktlarni yaxshi bilgan, lekin kompaniya hech qanday aniq harakatlar qilishga shoshilmagan.
Emlashga qarshi kontent ham ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan boʻlib, vaksinaga oid ingliz tilidagi postlarga 41% izohlar undan voz kechishga undagan.
