Yangiliklar

Faktchek: Mulla Barodarning oʻlgani haqida mish-mishlar tarqaldi

Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari Mulla Barodarning oʻlimi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar oʻtgan haftadan beri Afgʻoniston ijtimoiy tarmoqlarida paydo boʻldi. Tarmoqdagi xabarlarga koʻra, bunga Tolibon vakillarining ichki kelishmovchiligi sabab boʻlgan.

Afgʻonistondagi TOLO News telekanali Tolibon hukumati bosh vazirining oʻrinbosari Mulla Abdul Gʻani Barodor audio xabarida oʻzining tirikligini va jarohat olmaganini tasdiqlagani haqida xabar berdi.

Oʻtgan hafta tarqatilgan feyk xabarda goʻyoki Mulla Barodar Tolibonning boshqa rahbarlari oʻrtasida yuz bergan otishmada oʻlgani, Barodarni hokimiyatni talashib uning ishongan odamlari otib tashlagani aytiladi.

0010 Fake

 

Al Jazeera nashrining logotipi tushirilgan suratda “Tolibon matbuot kotibi Mulla Barodarning kecha Kobulda oʻldirilganini tasdiqladi”, deyiladi. Ushbu xabar Al Jazeera nashrida berilmagan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.