“Faktcheking asoslari” mavzusida onlayn trening
2021-yil 21-26-sentyabr kunlari Internews xalqaro nodavlat tashkiloti Oʻzbekiston onlayn OAV jurnalistlari va blogerlari uchun “Faktcheking asoslari” mavzusida onlayn trening tashkil qiladi.
Faktcheking – maʼlumotning ishonchlilik darajasini tekshirish degani. Faktcheking anchadan beri matbuot sohasi mutaxassislari uchun eng zarur koʻnikmalardan biriga aylangan. Faktlarni tekshirib, siz vaziyatga xolis nazar tashlay olasiz, turli chalgʻitishlarga chuv tushmaysiz va auditoriyangizga faqat toʻgʻri axborot yetkazasiz. Bu raddiya chop etish, sud daʼvolari va tuhmat kabi jiddiy muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Onlayn trening davomida koʻrib chiqiladigan va ish olib boriladigan mavzular:
• faktcheking nazariyasi va asosiy tushunchalari
•faktcheking obyektini tanlash mezonlari
•faktlarning haqqoniyligini tekshirish usullari
•maʼlumotlarni qiyosiy tekshirish va faktlarni tekshirish vositalari
Vebinarlar jadvali: 2021-yilning 21, 23, 25, 26-sentyabr kunlari.
Eʼtibor bering, vebinarlar dam olish kunlari ham boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlarning vaqti haqida keyinroq xabar beramiz.
Oʻqitish tili: rus/oʻzbek (sinxron tarjima bilan)
Murabbiylar:
Rustam Gulov – mediasavodxonlik va yangi media boʻyicha mutaxassis, bloger, media-murabbiy va Tojikistonda birinchi faktcheking platformasi Factcheck.tj asoschilaridan biri;
Jamshed Marupov – jurnalist, media-ekspert, Factcheck.tj saytining asoschilaridan biri va bosh muharriri.
Hujjatlar 16-sentyabr soat 23:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi. Batafsil maʼlumot olish va treningda qatnashish uchun ariza topshirish quyidagi havola orqali ???
https://newreporter.org/uz/202…
