Yangiliklar

O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berildi

Oʻzbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov izoh berdi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi Oʻzbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda ogʻir kechishi toʻgʻrisidagi audio tarqalgani va Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilgani aytilgan.

“Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Covid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin”, — deyiladi tarqalgan audioda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov izoh berdi. Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan:

“Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos boʻlishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz. Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar oʻrinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman eʼlon qilinadi.

Oʻzbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. Oʻsha fakultet talabalariga maʼlum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.

Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish toʻgʻri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, — deydi Otabekov.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.