Yangiliklar

O‘zbekiston JSST tan olgan vaksinalarni xarid qiladi – Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov Xalqaro press klub sessiyasida O‘zbekiston sotib oladigan vaksina va undan birinchi navbatda kimlar emlanishi haqida ma’lum qildi.

“Biz aniq bilamiz, hozir dunyoda vaksina ishlab chiqarish ishtiyoqida bo‘lgan davlatlar juda ham ko‘p. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir 9 ta vaksina uchinchi klinik sinov jarayonini boshdan kechiryapti. 25 ta vaksina ikkinchi, birinchi klinik sinovda. 154 ta vaksina klinik sinovgacha bo‘lgan sinovlardan o‘tyapti.

O‘zbekiston Respublikasi ham Xitoyda ishlab chiqarilgan 2 ta vaksinaning, Rossiyada va Hindistonda ishlab chiqarilgan vaksinalar sinovining uchinchi klinik fazasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Birinchidan, bu kabi sinovlarda ishtirok etish bu O‘zbekiston tibbiyotini va uning ilmini tan olish hamda uni e’tirof etish bilan baholanishi kerak. Hamma davlatlar ham 3-klinik faza sinovlariga jalb qilinmaydi.

Hozirgi vaqtda Xitoyning 5 ming doza vaksinasi va Rossiyaning 100 doza vaksinasi olib kelingan. Lekin hozirgi paytda Xitoy vaksinasining O‘zbekistonda uchinchi klinik sinovlari boshlandi. O‘zbekistonda ham aynan mana shu vaksinalarning klinik sinovi Innovatsiyalarni rivojlantirish vaziri boshchiligida vazirlik xodimlarini emlashdan boshlangan. Hozir bu jarayon davom etyapti.

Bundan tashqari, Rossiyadan vaksinalar yetib kelgan. Biz bu vaksinalarning ikkinchi klinik sinovlardan o‘tgani to‘g‘risidagi hujjatlarni kutyapmiz. Hademay u hujjatlar keladi. Albatta, uni ko‘rib chiqamiz.

Vaksina ishlab chiqarish jarayoni doim murakkab bo‘lgan. Bir necha o‘n yillarni talab qilgan vaksinalar ham bor. Shunday ekan, biz vaksinalarni bu kabi sinovlardan o‘tkazish, amaliyotga kiritish tartibiga yuzaki qarashimiz kerak emas”, – deydi Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, har bitta ko‘ngilli maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilyapti. Unga ko‘ra, ko‘ngillilar koronavirus kasalligiga chalinmagan bo‘lishi kerak. Ushbu kasallik bilan kasallanib, sog‘aygan bo‘lishi kerak emas. Ularda qon kasalliklari, immun tanqisligi kasalliklari, onkologik kasalliklar, homiladorlik bo‘lmasligi kerakligini ma’lum qilingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.