Yangiliklar

O‘zbekistonda Yangi yil tadbirlarini to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda nishonlashga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning biroz barqarorlashganligini inobatga olib, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2020-yil 31-dekabr va 2021-yil 1-yanvar kunlari to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR-test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to‘yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:

  • shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi;
  • koronavirusga PZR test natijasi bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.

Ta’kidlanishicha, Respublika masus komissiyasining ushbu qarori aholining bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni ko‘zda tutgan.

Shuningdek, fuqarolardan bayram kunlarida o‘zlari hamda yaqinlarining sog‘liqlariga befarq bo‘lmasdan, tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalanib, qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etishlari so‘ralgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.