Yangiliklar

Chegara bilmas muxbirlar: 2020-yilda dunyo boʻylab 50 jurnalist oʻldirilgan

2020-yilda 50 nafar jurnalist oʻz kasbiy faoliyati bilan bogʻliq holda oʻldirildi. Ushbu holatlarning aksariyati (68 foiz) harbiy nizolar boʻlmagan mamlakatlarda sodir boʻlgan. Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro inson huquqlari tashkilotining hisobotida aytilgan.

2016-yilda ommaviy axborot vositalarida oʻlimning 58 foizi urush zonalarida sodir boʻlgan. Hozirda oʻlimlarning uchdan bir qismi faqat Suriya, Yaman, Afgʻoniston va Iroq kabi mamlakatlarda sodir boʻlgan, bu davlatlarda har xil ziddiyatli harbiy toʻqnashuvlar davom etmoqda, deyiladi xabarda.

2020-yilda vafot etgan barcha jurnalistlarning 84 foizi qasddan oʻldirilgan. 2019-yilda bu ulush 63 foizni tashkil etdi. Qayd etilishicha, ayrim jurnalistlar shafqatsizlarcha oʻldirilgan. Jurnalistlar uchun eng yuqori oʻlim koʻrsatkichlari Meksika (sakkiz), Hindiston (toʻrt), Filippin (uch) va Gonduras (uch) kabi davlatlarga toʻgʻri kelgan.

Ikki hafta oldin “Chegara bilmas muxbirlar” hisobotining birinchi qismida dunyodagi 400 ga yaqin jurnalist oʻz kasbiy faoliyati uchun qamoq jazosini oʻtayotgani haqida maʼlum qilgan edi. Jurnalistlarning yarmidan koʻpi beshta mamlakatda: Xitoy, Saudiya Arabistoni, Misr, Vetnam va Suriyadagi qamoqxonalarda. Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda hibsda saqlanayotgan ayol jurnalistlar soni 35 foizga oʻsdi, 31 nafardan 42 nafargacha.

Jurnalistlarga nisbatan zoʻravonlik toʻgʻrisida “Chegara bilmas muxbirlar” hisoboti 1995-yildan beri har yili eʼlon qilinadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.