Yangiliklar

“Smartfonda foto va video kontent yaratish” onlayn-trening

2021-yilning 15-25-yanvar kunlari Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti Oʻzbekistonlik professional, fuqarolik jurnalistlari va blogerlari uchun “Smartfonda foto va video kontent yaratish” onlayn-treningini tashkil etmoqda. Treningda qatnashish bepul.

Treningning maqsadi — jurnalistlar va blogerlarni Mobil jurnalistikaning xalqaro standartlari asosida oʻz smartfonlarida professional tarzda suratga olish va yuqori sifatli mediakontent yaratishga oʻrgatish.

?Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:

? Mobil fotosuratlar: portret, landshaft, arxitektura;

? Surat 360;

? Fotosuratlar va videolar uchun tashqi dasturlardan foydalanish;

? Smartfonda tungi suratga olish;

? Mobil video: smartfonda suratga olish va tahrir qilish;

? Smartfonda video intervyu.

Mashgʻulotlar har biri 2 soatdan, 5 ta vebinardan iborat boʻlib, Zoom platformasida boʻlib oʻtadi. Seminar jadvali keyinroq eʼlon qilinadi.

Trening nafaqat nazariy bilimlar berish, shuningdek, amaliy ishlarni ham bajarish va ularga trener fikri va izohlarini taʼminlashni ham oʻz ichiga oladi.

Barcha ishtirokchilarda smartfon va shaxsiy kompyuter, shuningdek, mobil qurilmalar uchun shtativ (agar mavjud boʻlsa) boʻlishi kerak.

Trening tili — oʻzbek tili.

Trener: Marat Sodiqov — tajribali prodyuser, jurnalist, operator-muharrir, Olmotada faoliyat yuritadi, Oʻzbekistonning media muhitini yaxshi biladigan mutaxassis.

Hujjatlar 2021-yil 10-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.

Roʻyhatdan oʻtish uchun onlayn shaklni toʻldiring.

Qoʻshimcha savollar boʻyicha ekhmelevskaya@internews.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.