Yangiliklar

Resiliyence jamgʻarmasining stipendiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi global tashabbus (Global Initiative Against Transnational Organized Crime) tomonidan tashkil etilgan Resiliyence jamgʻarmasi stipendiya olish uchun jurnalistlardan arizalar qabul qilmoqda.

Dasturning maqsadi — fuqarolik jamiyati tashkilotlari, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi boshqa faollar birlashishi va uyushgan jinoyatchilikning jamiyatga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan platformani yaratishdir.

Stipendiya miqdori — 15000 AQSH dollari;

Nomzodlardan 10 ta gʻolib tanlab olinadi, stipendiatlar, shuningdek, konsultatsiya olish va maslakdoshlar doirasiga qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladi;

Arizada loyihaning bu yilgi mavzusi — “Tovlamachilik va uyushgan jinoyatchilik” koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Nomzodlar ushbu tillardan birini mukammal bilishi kerak — ingliz, fransuz, ispan;

Arizalarni qabul qilish muddati — 4-yanvar, 2021-yil.

Batafsil maʼlumot va ariza topshirish uchun quyidagi havoladan foydalaning: https://resiliencefund.globali…

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.