Yangiliklar

Oʻzbekistonda qoʻshxotinlikka ruxsat berilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ 3535-sonli qaroriga asosan mamlakatda ikkinchi xotinga uylanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan, nikoh tuzishga loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.