Yangiliklar

Oʻzbekistonda pensiya miqdori ikki barobar oshirilishi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya miqdorining ikki barobar oshirilishi haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Pensiya jamgʻarmasi munosabat bildirdi.

«Bu – yolgʻon! Pensiya miqdorini qayta hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilingandan soʻng amalga oshiriladi va bu haqda jamgʻarmaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib maʼlumot olishni soʻraydi va aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatadi», deyiladi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.