Yangiliklar

Behzod Musayev: Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi

Bu bayonotni Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” tadbirining ochilish marosimi ishtirokchilarini tabriklayotib qildi.

“Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni (koronavirusni) davolash uchun kerak boʻlgan dorilar yetkazib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada, bugun Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, dedi bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev.

“Pandemiya davrida sogʻliqni saqlash tizimiga shunchalik koʻp pul berildiki, qiyosiy maʼnoda buni 30 yil davomida tizimga ajratilgan mablagʻdan ham koʻproq boʻldi, deb aytish mumkin”, taʼkidlagan Behzod Musayev.

20-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 75 933tani tashkil qilmoqda.

Oʻzbekistonda COVID-19 ga chalingan deb, oʻtkazilgan tahlillarda shu kasallikni qoʻzgʻatuvchi koronavirus topilsagina tan olinadi. Koronavirus topilmagan, biroq COVID-19ning boshqa alomatlari bilan pnevmoniyaga chalinganlar umumiy statistikaga qoʻshilmaydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.