Oʻzbek jurnalistlari uchun “Onlayn jurnalistika asoslari” onlayn treningi
Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti oʻzbekistonlik professional jurnalistlar uchun “Internet-jurnalistikasi asoslari” onlayn treningini oʻtkazmoqda.
Treningga oʻzbekistonlik jurnalistlar va blogerlar taklif etiladi.
Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- zamonaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning xususiyatlari
- auditoriya ehtiyojlari
- jurnalistikaning yangi format va janrlari
- nashrlar uchun mavzularni izlash va saralash usullari
- yangi OAV uchun matn yaratish xususiyatlari
- sarlavhalar va kerakli tugmani bosishning sirlari
- SMM asoslari va virusli kontent
- Jurnalistlar uchun qidiruv tizimini optimallashtirish asoslari (SEO)
Onlayn oʻqitish kunlari: 2020-yil 7-avgustdan 21-avgustgacha. Zoom platformasida har haftada har biri ikki soatdan davom etadigan ikkita vebinar boʻlib oʻtadi, biz keyinchalik vebinarlarning vaqti haqida maʼlumot beramiz.
Trening nafaqat nazariy materiallarni taqdim etish, balki ishtirokchilar tomonidan amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish, shuningdek, vebinarlar orasida murabbiydan fikr-mulohazalarni olishni ham oʻz ichiga oladi.
Oʻqish tili: oʻzbek.
Murabbiy: Lenur Yunusov – tajribali xalqaro mediamurabbiy.
Arizalar 2020-yil 5-avgustgacha Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun iltimos onlayn -shaklni toʻldiring.
Barcha savollar boʻyicha ekhmelevskaya@internews.org.
elektron pochta manziliga murojaat qiling.
Loyiha AQSH xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) koʻmagida Markaziy Osiyoning MediaCAMP dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
