Harbiy tavsiyanomalarning 300 dan ortigʻi soxta chiqdi
2020-yilgi oliy oʻquv yurtlariga qabul mavsumida 300 dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi. Bu haqda DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
2020/2021-oʻquv yilida jami 13 107 nafar abituriyent harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasi taqdim etgan. Ulardan 1 828 tasi qayta tekshirib chiqilgan.
Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:
- 1516 nafari tavsiyanomalar haqiqiyligi;
- 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani;
- 85 nafari harbiy xizmatni oʻtamagani;
- 55 nafari harbiy xizmatni oʻtgan boʻlsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi.
Tekshiruv natijalari test natijalari bilan birga tahlil qilinganidan soʻng 1 615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
