Feyk: Jim Kerridan COVID-19 haqida iqtibos
Dunyoga mashhur komik aktyor Jim Kerridan COVID-19 pandemiyasi haqidagi iqtibos Internetda tarqalmoqda. Aktyor goʻyoki shunday xabar tarqatgan: “Virus butun dunyoni qoʻrquv orqali osonlikcha boshqarish mumkinligini, shunchaki ommaviy axborot vositalarini, ilmiy doiralarni va tibbiyotni boshqarish orqali isbotladi” deb aytgan. Ammo bu fikrlar aktyorga tegishli emas. Aktyorning vakili bu maʼlumotni rad etdi va Jim Kerrining oʻzi AQShda pandemiyaga qarshi kurashish uchun qoʻshimcha ravishda epidemiyaga qarshi choralarni amalga oshirishga chaqirdi.
Ushbu iqtibos atributsiz birinchi marta Facebook-ning ingliz tilidagi segmentida paydo boʻldi. 2020-yil 9-martda foydalanuvchi Sharma Ya shunday deb yozgan edi: “Koronavirus oddiygina ommaviy axborot vositalari, akademiya va tibbiyotni boshqarish orqali butun dunyoni qoʻrquv orqali boshqarish mumkinligini isbotladi.“ Koʻp oʻtmay, ushbu matn tarmoqda tarqalishni boshladi, lekin nima uchundir aktyor Jim Kerrining fotosurati bilan birga. Bayonotni boshqa odamlarning fotosuratlari bilan ham topish mumkin.
Aktyorning ochiq bayonotlarini uning rasmiy Twitter sahifasi tasdiqlamadi. COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq birinchi tvitni aktyor 25-mart kuni eʼlon qildi. U AQSh prezidenti Donald Trampning sogʻliqni saqlash inqiroziga qarshi kurash usulini tanqid qildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu iqtibos tarmoqda birinchi marta 9-mart kuni, yaʼni aktyorning pandemiya haqidagi birinchi ommaviy bayonotidan bir necha hafta oldin paydo boʻlgan edi.
CheckYourFact va AAP FactCheck veb-saytlari aktyor Jim Kerrining vakili Marley Lesliga murojaat qildi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, ularning mijozi bunday bayonotlarni bermagan, iqtibos ham aktyorga tegishli emas.
Shuningdek, Twitter-dagi mikroblogida aktyor Prezident Trampning virus tarqalishiga qarshi harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan hamda AQSh va dunyoda COVID-19 qurbonlari sonining koʻpayishidan xavotirda ekanligini yozgan. Jim Kerrining pozitsiyasi uning nomidan tarqatilgan va goʻyoki COVID-19 dunyoni boshqarish uchun ishlatilayotgani haqida iqtibosga zid keladi.
