Yangiliklar

“Lokdaun” joriy yildagi eng mashhur so‘z deb topildi

“Lokdaun” Britaniyaning Collins lug‘ati tomonidan “2020-yil so‘zi” deb topildi. U 2019-yilda 4 ming marta, 2020-yilda esa 250 ming marta ishlatildi.

Lug‘atda “lokdaun” so‘zining ma’nosi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat’iy cheklov qo‘yish” deb izohlangan. Bu so‘zdan foydalanish bir yil ichida rekord darajada o‘sdi.

Collins Korpusida veb sayt, gazeta, kitoblar, bundan tashqari, radio, televideniye va suhbatlarda ishlatilgan 4,5 milliard so‘z bor. Ular orasida “lokdaun” 2020-yilda 250 ming martadan ko‘proq ishlatilgani uchun tanlab olingan. Bu so‘z 2019-yilda atigi 4 ming marta ishlatilgan.

“Til atrofimizdagi olamning aksidir, 2020 yilda butun dunyo bo‘ylab pandemiya hukmron bo‘ldi. Biz “lokdaun”ni u milliardlab odamlar hayotida muhim bo‘lgani uchun tanladik. Odamlar virusdan saqlanish uchun o‘zlarining doimiy hayotidan cheklanishdi. Lokdaun ishimizga, o‘qishimizga, xaridlarimizga va ijtimoiy hayotimizga ta’sir o‘tkazdi. Ko‘p davlatlar allaqachon ikkinchi lokdaunga kirdi”, – deydi Collins’ning til kontenti bo‘yicha konsultanti Helen Nyusted.

Pandemiyaga oid boshqa so‘zlar: koronavirus, ijtimoiy masofa saqlash, o‘z o‘zini yakkalash, vaqtinchalik ish joyini tark etish (furlough) so‘zlari ham lug‘atdagi yuqori 10 talikka kirdi.

Shuningdek, lug‘at Tiktoker (TikTokda doimiy videolar ulashadigan kishi) so‘zini ham top 10 talik ro‘yxatga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda “iqlim uchun kurash” (climate strike), 2018-yilda “bir marta foydalaniladigan” (single-use),  2017-yilda “feyk xabar” (fake news), 2016-yilda “Breksit” (Brexit) yil so‘zi bo‘lgandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.