Nima uchun Rossiya laboratoriyalarida COVID-19 testlari 40 foizgacha holatda xato natija chiqarmoqda?
COVID-19ʼga topshirilgan test natijalari xato chiqishiga tibbiyot xodimlarining ham, mijozlarning ham xatti-harakatlari sabab boʻlishi mumkin, deb yozmoqda “RBK”. Bunga qadar Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga topshirilgan 40 foizga yaqin testlar soxta ijobiy natija bilan qayd qilingani haqida maʼlum qildi.
“RBK” oʻtkazgan soʻrovda test oʻtkaziladigan laboratoriya vakillarining fikricha, natijalarning notoʻgʻri chiqishi biomaterialning notoʻgʻri olinishi yoki ushbu namunalarning notoʻgʻri transportirovka qilinishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Namuna olayotganda shifokorlar yonoqlarga, tilga, milkka va lablarga tegmasligi kerak. Barcha zarur vositalar steril boʻlishi, biomateriallar tegishli sharoitlarda saqlanishi kerak.
Test natijasi, shuningdek, mijozning tayyorgarligiga ham bogʻliq. Test oʻtkazilishidan bir soat oldin ovqatlanish, ichish, tishlarni yuvish, ogʻzini chayish, saqich chaynash va chekish mumkin emas. Bundan tashqari, testni iloji boricha simptomlar aniqlangandan soʻng tezroq qilish kerak, chunki vaqt oʻtishi bilan birinchi klinik simptomlardan soʻng virusni aniqlash ehtimoli aniqlanmaydigan darajada pasayadi.
