Ijtimoiy tarmoqlarda Maradonaning oʻrniga Madonnani dafn qilishdi
2020-yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari pop-xonanda Madonnaning vafot etganligi haqidagi xabarni tarqatishni boshladilar. Foydalanuvchilar «RIP Madonna» yozuvi bilan xonandaning suratlarini ommaviy ulashishni boshlashdi.

Misbar.com saytining «tergov»i shuni ko’rsatdiki, yangilik tarqalishi Diego Maradonaning 25-noyabrda vafot etganidan keyin boshlangan. Shubhasiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Madonna va Maradona o’rtasida adashib qolishgan. Xabar Internetda tarqalgandan so’ng, ko’plab foydalanuvchilar Madonna o’lmaganligini tushuntirib, tushuntirishlar berishdi.
?MADONNA DID NOT DIE, the former Argentine footballer Diego Armando #Maradona died, he suffered a cardiorespiratory arrest from which he could not be resuscitated despite the medical attention received, reported his agent Matías Morla. #KPM ? pic.twitter.com/auAhwLVlpl
— Katy Perry Media (@katyperrymedia_) November 25, 2020
Ayni paytda Madonna oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida, xususan Instagram-da faolligini koʻrish mumkin.
Goʻyoki AQSh prezidenti Donald Trampning qilgan tviti skrinshotida ham u Diego Maradonani Madonna bilan aralashtirib yuborgani aytiladi. Umumiy skrinshot Trampning tvitterdagi sahifasida quyidagicha xabar qoldirilgan: “Maradonaning oʻlimi haqida eshitish juda achindim. Ajoyib inson edi. Uning musiqasi juda zoʻr edi. 1980-yillarning boshlarida uning albomlarini tinglaganim esimda. Joyi jannatda boʻlsin!“

Madonnaning oʻlimi haqidagi virusli xabarlar yolgʻondir. Tramp ham bunday tvit yozmagan.
