Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod etildimi?
Joriy yilning 10-sentyabr kuni “Azon.uz” nashri Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar tarqatgan edi.

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi esa rasman muftiy Usmonxon Alimov oʻz lavozimidan ozod etilmaganini maʼlum qildi.

“Shu munosabat bilan, 2019-yil 10-sentyabr kuni “Azon New Media”da shoshilinch majlis chaqirildi hamda xabar tayyorlashda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻygani uchun “Azon.uz” bosh muharriri ishdan olindi”, deb xabar tarqatdi tahririyat. Ushbu xabarni Oʻzbekistondagi bir nechta elektron OAVlari nashr qildi. Biroq, fakt tasdiqlangandan keyin xabarlar olib tashlandi. Aksariyat saytlar xabarga raddiya ham bermadi.
