Yangiliklar

Jukovskiy shifoxonasida COVID-19ʼdan oʻlganlarning murdalari qalashib yotgani haqida internetda tarqalgan video boʻyicha SSV izoh berdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona oʻlikxonasi tasvirlangan videolavha tarqaldi. Unda murdalarni vaqtincha saqlash xonasi (eshikda shunday ruscha yozuv bor) va yoʻlakda qora plyonkalarga oʻralgan, polga yotqizib qoʻyilgan 20-25 chogʻli murdani koʻrish mumkin. Ularning ayrimlari plyonkaga oʻralmagan, alohida xonaga kiritilmagan ham.

© Foto: U.S. Pacific Fleet

Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan va unda erkak kishi “Jukovskiy shifoxonasida juda koʻpchilik COVID-19ʼdan oʻlyapti. Mana, hozir qaynonamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot boʻlinglar”, – deydi.

Kun.uz muxbiri bu holat boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga savol bilan murojaat qildi. SSV javobi quyidagicha:

«Videolavhadagi holat Oʻzbekistonda yuz bermagan, ayrim maʼlumotlarga koʻra qoʻshni davlatlardan biridagi tasvir bu», deydi vazirlik vakili.

Oʻzbekistonning biror shifoxonasida, jumladan yuqorida tilga olingan tibbiy markazda bunday joy yoʻq va murdalar bu tarzda saqlanmaydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.