Yangiliklar

Xorijdagi mehnat muhojirlari Oʻzbekistonda ham soliq toʻlaydimi?

2020-yil 15-sentabrdagi Prezident qarorida 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtirilishi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llanilishi belgilangan.

© Internetdagi soxta maʼlumotlarni qanday tekshirish mumkin?

DSQning qayd etishicha, Soliq kodeksining 369-moddasida qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jami daromadga kiritilmasligi belgilangan. O‘z-o‘zini band qilgan shaxs ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘laydi. Uning miqdori 2020-yil uchun kamida bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi etib belgilangan va ayni vaqtda ushbu soliq 111 500 so‘mni tashkil qilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi mehnat muhojirlarining o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar sifatida 2021-yildan boshlab majburiy soliqqa tortilishi haqida tarqalgan xabarlarni ishonchsiz, noto‘g‘ri ma’lumot deb atadi. Qo‘mita axborot xizmatining qayd etishicha, o‘z-o‘zini band qilgan shaxs ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliqni to‘lashi mumkin.

“Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik ishlayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashining hojati yo‘q”, — deyiladi DSQ ma’lumotida.

Qo‘mita axborot xizmati ushbu choraning mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani, kelajakda ularni moddiy himoya qilish bo‘yicha davlat kafolati bo‘lib xizmati qilishini qayd etgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.