Yangiliklar

Yerevan Pashinyanning iste’foga chiqishi haqidagi xabarni rad etdi

Yerevan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning isteʼfoga chiqishi haqidagi maʼlumotni rad etdi.

“Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning isteʼfoga chiqarilishi haqidagi maʼlumot notoʻgʻri maʼlumot va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deb yozgan Bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgyan oʻzining Facebook sahifasida.

Avvalroq, Pashinyanning Qorabogʻ mojaro zonasidagi vaziyat bilan bogʻliq ravishda isteʼfoga chiqishi haqidagi maʼlumotlar Armanistonning Facebook segmentida faol ravishda tarqatilgan edi.

Mojaroning keskinlashuvi 27 sentyabrda sodir boʻldi, biroq shu vaqtdan beri jang davom etmoqda.

Avvalroq,Qorabogʻ mojarolari fonida AQSH tomonidan eʼlon qilingan uchinchi sulh natija bermagani haqida xabar qilgan edik.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.