AQShdagi saylovlar tufayli Facebook va Instagram 2,2 million homiylik postlaridan voz kechdi
Facebook va Instagram 2,2 million reklama xabarlarini qabul qilishdan bosh tortdi va ularni kelgusidagi AQSh prezidentlik saylovlarida “ovoz berishga aralashish” urinishlari deb bildi.
Bu haqda DW Facebook-ning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Nikolas Klegg bilan Fransiyaning Le Journal du Dimanche nashrida chop etilgan intervyusiga asoslanib xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoq mutaxassislari maʼlumotni tekshirish boʻyicha 70 ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilmoqda, deya qoʻshimcha qildi Klegg.
Uning soʻzlariga koʻra, sunʼiy intellektdan foydalanganligi tufayli Facebook allaqachon foydalanuvchilar tomonidan shikoyat qilishdan oldin ham “milliardlab postlar va soxta profillarni” oʻchirib tashlagan.
Facebook 7 yil davomida “shaffoflikni taʼminlash” uchun reklama, shuningdek, mablagʻ va moliyalashtiril haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi, deydi Klegg.
Shunday qilib, dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq AQShda 2016-yilda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari oldidagi vaziyat takrorlanishidan qochishga intilmoqda. Oʻshanda Facebook orqali ommaviy ravishda, shu jumladan Rossiyadan, saylovchilar fikriga taʼsir oʻtkazishga urinishlar boʻlgan edi. 2020-yilda AQShda prezident saylovlari 3-noyabrga belgilangan.
