Yangiliklar

Mass-media fondi matbuot kotiblarini malaka oshirish kurslariga taklif etmoqda

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Media va kommunikatsiya maktabi loyihasi doirasida matbuot kotiblarining malakasini oshirish kurslariga qabul e’lon qildi.

Kurslar 22–24-oktyabr kunlari tashkil etiladi va o‘zbek tilida olib boriladi.

Matbuot kotiblari 19-oktyabr soat 12:00gacha  orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. O‘rinlar soni cheklangan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • kamida bir yil davomida matbuot kotibi sifatida ishlaganlik tajribasi;
  • press-reliz va boshqa matbuot materiallarini yozish texnikasi va usullarini bilish;
  • intervyu, matbuot anjumanlari va brifinglarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini bilish;
  • internet tarmog‘ida ishlash, multimedia uskunalaridan foydalanish ko‘nikmalari.

Kurs dasturi:

• PR – paydo bo‘lishidan hozirgi vaqtdagi roligacha;

• Maqsadli auditoriya va u bilan ishlash usullari;

• PR – kommunikatsiya: turlari va dinamikasi;

• Mediarileyshnz: jurnalistlarga yondashuv topishning usullari;

• Piarmatn va uning xususiyatlari;

• Matbuot anjumani: nazariya. Noqulay savollarga javob berish usullari;

• Feyklarni aniqlash usullari;

• Infosabab, storitelling, pablitsit kapital;

• Freyming va refreyming;

• Kamera to‘g‘risida gapirishning sirlari;

• PR strategiya;

• Inqirozli vaziyatni qanday boshqarish mumkin;

• Inqirozga qarshi PR;

• Boshqa masalalar.

Kurslar o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amalda mustahkamlash bilan olib boriluvchi interfaol mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Kursda qatnashish uchun tanlab olingan nomzodlarning elektron pochta manziliga individual xabar yuboriladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.