Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori sifatli kontent yaratish uchun CABAR.asia mediamaktabi “Kilo tarkib” nomli onlayn marafon
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori sifatli kontent yaratish uchun CABAR.asia mediamaktabi “Kilo tarkib” nomli onlayn marafon tashkil qildi. Marafon Markaziy Osiyoda masʼuliyatli va xolis inflyuyenserlarning yangi avlodini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan 18-30 yoshli media sohasi vakillari ishtirok etishadi.
Tadbir tashkilotchilari sifatli va xolis kontent yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratishdi. U dezinformatsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiluvchi va biz ilgari eshitmagan voqeliklarni hikoya qiluvchi kontent boʻlishi lozim.
Marafondan nimalar kutilmoqda?
Endigina bloger boʻlganlar uchun
Har kun uchun tayyor kontent- reja, juda koʻp foydali maʼlumotlar va videodarsliklar.
Faol blogerlar uchun
Auditoriya ishonchini mustahkamlashga yordam beruvchi bilimlar va blog yuritish strategiyasi. Shuningdek, xolis va betaraf yozishni taʼminlash uchun faktcheking, ziddiyatli masalalar hamda gender sezuvchanlik boʻyicha juda koʻp foydali maʼlumotlar.
Jurnalistlar uchun
Agar siz kontentni professional darajada yaratsangiz-u, akkauntingizni rivojlantirishga vaqt topolmasangiz, biz shaxsiy blog yuritish strategiyasini aniqlash, sizning super kuchingizni topish va marafonning har bir kuni uchun kontent-reja tuzishda yaqindan koʻmak beramiz.
Tafsilotlar quyidagi havolada
http://mediamarathon.cabar.asi…
