Yangiliklar

Internetda Habib Nurmagomedovning siyosatga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi

Internetda Habib Nurmagomedovning siyosatga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi. Yengil vazn toifasida UFC chempionning amakisi Nurmagomed Nurmagomedov jiyanining siyosatga qiziqmasligini ma’lum qildi.

“Habibga siyosat kerak emas. U butkul boshqacha odam, u o‘zining sportini rivojlantirishni, bolalarga biror narsa berishni, xayriyalar qilishni yoqtiradi. Unda siyosat va boshqaruvga umuman qiziqish yo‘q”, — deydi Nurmagomedov.

Avvalroq Habib Nurmagomedov Dog‘iston prezidentligiga munosib nomzod ekani haqidagi maqola e’lon qilingandi. Biroq yakkakurashchining o‘zi siyosatga qiziqmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.