Yangiliklar

Tedros Gebreyesus: Jamoaviy immunitet, COVID-19 strategiyasining “axloq meʼyorlariga zid” 

COVID-19 pandemiyasiga barham berish uchun “jamoaviy immunitet” deb nomlangan tamoyildan foydalanish “axloq meʼyorlariga zid ” va u, virusni yengish uchun, davlatlar qoʻllashlari lozim boʻlgan “imkoniyat emas”, deb ogohlantirdi BMT sogʻliqni saqlash agentligi rahbari dushanba kuni.

“Jamoaviy immunitet – bu emlash uchun ishlatiladigan tushuncha boʻlib, unda emlash chegarasiga yetilgan taqdirda, aholi populyatsiyasi maʼlum virusdan saqlanib qolishi mumkin”, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus (Tedros Adhanom Ghebreyesus) Jenevada oʻtkazilgan press-brifing davomida agentlikning muntazam bayonotini berar ekan.

Ammo, uning soʻzlariga koʻra, bunga odamlarni virusdan himoya qilish orqali erishiladi, “ularni virus taʼsiriga duchor qilish orqali emas”.

“Jamoat salomatligi tarixida hech qachon jamoaviy immunitet epidemiyaga qarshi kurash strategiyasi sifatida ishlatilmagan”, dedi JSST rahbari va buni “ilmiy va axloqiy jihatdan muammoli” deb atadi.

Masalan, qizamiqdan jamoaviy immunitetni shakllantirish uchun aholining 95 foizga yaqini emlanishi kerak. Ammo, JSSTning hisob-kitoblariga koʻra, dunyo aholisining 10 foizidan kamrogʻi koronavirusga qarshi qandaydir immunitetga ega boʻlib, bunda dunyo aholisining “aksar qismi” kasallikka nisbatan zaif boʻlib qolmoqda.

“Shu sababdan, virusni nazoratsiz qoldirib, uning tarqalishiga imkon berish, ortiqcha infeksiyalar, azoblanish va oʻlimga yoʻl ochishni anglatadi”, dedi Tedros.

Kasallanish holatlari ortib bormoqda

Tedros Gebreyesus soʻnggi kunlarda dunyo ushbu yuqumli kasallikning butun pandemiya davridagidan ham juda tez surʼatlarda, ayniqsa Yevropa va Amerika qitʼasida oʻsib borayotganiga guvoh boʻlayotganini aytib oʻtdi.

“Soʻnggi toʻrt kunning har birida shu paytgacha qayd etilgan holatlarning eng yuqori koʻrsatkichlari kuzatildi”, dedi u. “Koʻpgina shaharlar va mamlakatlarda kasalxonaga yotqizilish va intensiv terapiya yotoqlarining bandligi ortgani toʻgʻrisida xabarlar kelmoqda”.

JSST rahbari, shuningdek, “oʻzgaruvchan pandemiya” sifatida, unga har bir davlat turli xil javob choralarini koʻrayotganini eslatib, kasallikning tarqalishini, ommaviy tadbirlarni oldini olish, izolyatsiya va kasallik mavjudligini tekshirtirib turish kabi maqsadga yoʻnaltirilgan choralar yordamida, nazorat qilish mumkinligini taʼkidladi.

“Bu virusning erkin harakatlanishiga yoʻl qoʻyish yoki bizning jamiyatlarimizni yopib qoʻyish oʻrtasidagi tanlov emas” dedi u.

«Bizda kumush oʻqlar yoʻq»

JSSTning taʼkidlashicha, koʻpchilik uyda oʻtirish vaqtini rejalarini tuzish, sogʻliqni saqlash xodimlarini oʻqitish, tahlil topshirish vaqti va imkoniyatlarini oshirish va bemorlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash uchun ishlatgan.

Raqamli texnologiyalar jamoat salomatligini saqlashning sinovdan oʻtgan vositalarini yana-da samaraliroq qilishga yordam beradi – bemor bilan aloqada boʻlganlarni aniqlashga koʻmaklashadigan yaxshiroq mobil ilovalardan foydalanish bunga misol boʻla oladi.

“Biz koʻplab odamlar, jamoalar va hukumatlarning pandemiya choʻzilib ketgani va kasallanish holatlari yana ortib borayotganidan his qilayotgan umidsizliklarini yaxshi tushunamiz”, deydi Tedros Gebreyesus.

Biroq, “kesib chiqadigan qisqa yoʻllar va otish mumkin boʻlgan kumush oʻqlar yoʻq”, deya qoʻshimcha qildi u.

“Hozirda oʻzining mavjud imkoniyatlariga baho berayotgan har bir mamlakatga mening soʻzim shuki: siz ham uddasidan chiqa olasiz”.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.